Alphabet | A1-A2 | Lug'at
- MUMEnglish
- Jul 24, 2021
- 1 min read
Bu darsda ingliz alifbosini o'rganamiz! O'zbek va ingliz alifbosi boshqacha shuning uchun buni bilish kerak :)

Alifbo harflari
Ingliz alifbosida 26ta harf bor. Bu alifboda ch, sh, g', o', ng va tutuq belgi harflari yo'q. Lekin c va w harflari bor. Unli harflar: a, e, i, o, u va ba'zan; Undosh harflar: (qolgan harflar) b, c, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, w, x, z va ba'zan y.
Unli va undosh Y
Y harfini undosh va unli harf deb aytdik lekin, qanday qilib? Bu harf boshqa unli harf bilan bitta bo'g'inda qo'shilib, bitta tovush chiqarganda, unli harf deb ham hisoblanadi. Masalan:
toy (o'yinchoq) so'zidagi "oy";
day (kun) so'zidagi "ay";
monkey (maymun) so'zidagi "ey";
Odatda, by ikki tarafli harf biror so'zni yoki bo'g'inni boshlaganda, undosh o'rnida keladi. Misollar:
lawyer (advocat) - law-yer, bu yerda "y" harfi bo'g'inni boshlayapti;
yellow (sariq) - yel-low, bu yerda esa, so'zni.
Comments